Jahon

AQSh va Isroil hujumlari to‘xtamagunicha neft blokadasi davom etadi — Eron

Urush natijasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopildi, tankerlar bir haftadan ortiq harakat qila olmayapti, ishlab chiqaruvchilar quvvatni to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda.

AQSh va Isroil hujumlari to‘xtamagunicha neft blokadasi davom etadi — Eron

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi seshanba kuni AQSh va Isroil hujumlari davom etsa, Yaqin Sharqdan hatto "bir litr neft" ham olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, mazkur bayonotga javoban Tramp Eron Agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakatini to‘sishga harakat qilsa, AQSh zarbalarining yanada keskinlashishidan ogohlantirgan.

 

“Biz ularga shunchalik kuchli zarba beramizki, ular yoki ularga yordam berayotgan boshqa hech kim bu hududni qayta tiklay olmaydi”, — dedi Tramp dushanba kuni matbuot anjumanida.

 

Trampning bayonoti global moliya bozorlarida dushanba kuni keskin tebranishlarga sabab bo‘ldi. Chunki investorlar Eron xavfsizlik tuzilmalari yangi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy ortida birlashib, qisqa muddatda taslim bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirda edi.

 

Tramp AQSh Eron harbiylariga jiddiy zarar yetkazganini aytib, mojaroning boshlang‘ich to‘rt haftalik muddatdan ancha oldin tugashini taxmin qilgan, ammo g‘alaba qanday ko‘rinishda bo‘lishini ma’lum qilmagan. Isroil esa urush maqsadi Eronning ruhoniy boshqaruv tizimini ag‘darish ekanini bildirmoqda.

 

AQSh rasmiylari asosan Vashingtonning maqsadi Eronning raketa imkoniyatlari va yadroviy dasturini yo‘q qilish ekanini aytmoqda, ammo Tramp urush faqat Eronda itoatkor hukumatning vujudga kelishi bilan tugashi mumkinligini bildirgan.

 

Eronning BMTdagi elchisi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Isroil fevral oxirida Eron bo‘ylab havo va raketa zarbalarini boshlaganidan beri kamida 1 332 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va minglab kishi yaralangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh va Isroil hujumlari to‘xtamagunicha neft blokadasi davom etadi — Eron | Zamon.uz