Jahon

Energiya inqirozi fonida Pokistonda maktablar yopiladi va ish haftasini qisqartiriladi

Davlat xarajatlarini kamaytirish doirasida amaldorlar maoshi qisqartirilib, xizmat transportidan foydalanish cheklanadi.

Energiya inqirozi fonida Pokistonda maktablar yopiladi va ish haftasini qisqartiriladi

Pokiston hukumati energiya resurslari sarfini kamaytirish va davlat xarajatlarini qisqartirish maqsadida mamlakat miqyosida qator qat’iy tejamkorlik choralarini joriy etishini e’lon qildi. Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu qarorlar Yaqin Sharqdagi keskinlashgan geosiyosiy vaziyat hamda energiya bozoridagi beqarorlik fonida qabul qilingan.

 

Xususan, Shahboz Sharif mamlakatga telemurojaat qilib, dunyo bozorida neft narxi 100 dollardan oshib ketgani iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

 

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, energiya sarfini kamaytirish maqsadida bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, mamlakatdagi barcha maktablarda 16-martdan 31-martga qadar ikki haftalik ta’til e’lon qilinadi, oliy ta’lim muassasalarida esa darslar vaqtincha onlayn shaklga o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, davlat sektorida ishlovchilarning 50 foizi masofaviy ishlash tizimiga o‘tkaziladi. Ayrim sohalar bundan mustasno holda, ish haftasi to‘rt kunlik tartibga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

 

Davlat xarajatlarini qisqartirish doirasida hukumat a’zolari va yuqori lavozimli amaldorlar uchun ham qator cheklovlar belgilandi.

 

Xususan, federal va provinsiya hukumatlari a’zolari ikki oy davomida maosh va nafaqalardan voz kechadi, deputatlar maoshi esa 25 foizga qisqartiriladi. Oyligi 300 ming rupiyadan ortiq bo‘lgan ayrim amaldorlar ikki kunlik ish haqidan voz kechadi.

 

Bundan tashqari, xizmat avtomobillari uchun yonilg‘i limiti 50 foizga kamaytiriladi, davlat idoralaridagi transport vositalarining 60 foizi esa vaqtincha foydalanishdan chiqariladi. 2026-yil iyun oyiga qadar davlat idoralari uchun yangi avtomobil, mebel va konditsioner xarid qilish ham taqiqlanadi.

 

Hukumat rasmiy tadbirlarni o‘tkazish tartibini ham chekladi. Jumladan, rasmiy tushlik va iftorlik marosimlarini o‘tkazish taqiqlanadi, seminar va konferensiyalar esa faqat davlat binolarida tashkil etilishi belgilandi. Vazirlar va maslahatchilar uchun zarur bo‘lmagan xorijiy xizmat safarlari ham vaqtincha bekor qilinadi.

 

Bosh vazir Shahboz Sharif o‘z murojaatida mintaqada keskinlashgan vaziyat energiya bozoriga jiddiy bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi. U Eron, Isroil va AQSH o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar fonida neft narxining keskin oshishi butun mintaqa iqtisodiyotiga tahdid solayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, hukumat neft mahsulotlarini yashirib, sun’iy ravishda narx oshirishga urinayotgan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ham ogohlantirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Energiya inqirozi fonida Pokistonda maktablar yopiladi va ish haftasini qisqartiriladi | Zamon.uz