Yangi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy hujumlar oqibatida jarohatlandi — Eron davlat televideniyesi
Jarohat qay darajada og‘irligi haqida ma’lumot berilmagan.
Iran International nashri Eron davlat televideniyesi Mujtabo Xomanaiyni “jaanbaz” deb ataganini yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha “jaanbaz” atamasi “dushman zarbasidan jarohat olgan shaxslar” uchun ishlatiladi. Bu yangi oliy rahbarning hozirgi bo‘layotgan urushda jarohat olganini bildiradi.
Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, jarohat “Ramazon urushi” davomida yuz bergan. Bu hozirgi AQSH-Isroil va Eron urushini ifodalash uchun Eron ommaviy axborot vositalarida ishlatiladigan nom hisoblanadi.
Televideniye jarohatning qay darajada ekanligi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan
Shuningdek, Donald Tramp ABC News'ga bergan intervyusida AQShning roziligisiz tayinlangan Eron oliy rahbari uzoq vaqt taxtda qolmasligini bildirgan edi.







