Jahon

Erondagi maktabga AQSh raketasi zarba bergani aniqlandi

Vashington bu halokatli hujumga AQSH javobgar bo‘lishi mumkinligini, ammo maktab atayin nishonga olinmaganini ma’lum qilgan.

Erondagi maktabga AQSh raketasi zarba bergani aniqlandi

Eronning Minob shahridagi qizlar maktabiga qilingan hujumda AQShning Tomhawk raketasi ishlatilgani aniqlandi. Bu haqida video tahlillarga tayanib BBC Verify xizmati xabar bermoqda.

 

Eron rasmiylarining ma’lum qilishicha, hujum natijasida 168 kishi, jumladan taxminan 110 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan.

 

Mehr axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan, BBC Verify tomonidan haqiqiyligi tasdiqlangan videoda raketa Minab shahridagi "Shajareh Tayabeh" boshlang‘ich maktabi yonidagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bazasiga zarba berishidan oldingi holat aks etgan.

 

BBC Verify ilgari sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, tasdiqlangan videolar va ekspert tahlillari orqali maktab yaqinidagi hududga bir qator zarbalar berilganini aniqlagan.

 

Ekspertlar so‘nggi video Tomahawk raketasi bilan hududga bir nechta zarbalar berilgani, bu operatsiyaning AQSh tomonidan amalga oshirilganini ko‘rsatishini aytishgan. Ekspertlar shuningdek, na Isroil, na Eron Tomahawk raketasiga ega emasligini ta’kidlagan.

 

“Birgina Eron raketasi ayni vaqtda maktabni nishonga olib, bunday yuqori o‘lim holatini keltirib chiqarishi haqiqatdan yiroq”, — degan ekspertlar.

 

Shanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga tegishli qurollar aniq mo‘ljal olmasligini aytib, maktabdagi hodisada mamlakatning o‘zini ayblagan edi.

 

BBC'ning AQShdagi hamkori CBS'ga ko'ra, Vashington bu halokatli hujumga AQSH javobgar bo‘lishi mumkinligini, ammo maktab maqsadli tarzda nishonga olinmaganini ma’lum qilgan.

 

Isroil hukumati manbasi CBS News'ga bergan ma’lumotda, Isroil bu hujum ortida emasligi va uning armiyasi maktab yaqinida faoliyat yuritmaganini bildirgan.

 

 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Erondagi maktabga AQSh raketasi zarba bergani aniqlandi | Zamon.uz