O'zbekiston

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani suv ta’minoti filiali xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, kecha, 9-mart kuni viloyatning O‘zbekiston tumanida faoliyat olib borayotgan tuman suv ta’minoti filiali inspektori hamda mijozlar bo‘limi boshlig‘i xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida ayrim fuqarolar tomonidan kaltaklangan, shuningdek ularning xizmat avtomashinasiga shikast yetkazilgan. 

 

Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.

 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi | Zamon.uz