O'zbekiston

Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish ishlari boshlandi

Ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish ishlari boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida – Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish ishlariga start berildi.

 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov, Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi T.Xudaybergenov, O‘rmon agentligi direktori E.Muhiddinov, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari S.Zufarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi mas’ullari, o‘rmonchilar, ekologlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Aytish o‘rinliki, Davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida 2018-2025 yillar davomida 2 mln gektar maydonda “yashil qoplama” – himoya o‘rmonzorlari barpo etildi. Ushbu o‘rmon-meliorativ tadbirlari uchun 7,8 ming tonna saksovul, qoraburoq, cherkez, qandim kabi cho‘l o‘simliklarining urug‘i jamg‘arildi.

 

Har yili o‘rtacha 1000 tagacha texnika va mexanizmlar, 4 ta samolyot, 2 ta motodeltaplan jalb etildi. Ekish tadbirlarida 2 ming nafardan ziyod aholi, ishchi-xodim va mexanizatorlar ishtirok etdi. Kelgusidagi o‘rmon barpo etish ishlari uchun yiliga 100 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda saksovul niholxonalari tashkil etildi.

 

Tadbirda so‘z olgan Ekologiya qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov keyingi yillarda Orolning qurigan tubida cho‘llanishning oldini olish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda ekotizimlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi.

 

“Orolning qurigan tubida amalga oshirilgan barcha ishlar mamlakatimizda ekologik muhitning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Bu yerda, shunday sharoitda cho‘l o‘simliklari ekish tadbirlarida qatnashish barcha ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlar uchun katta baxt. Ahamiyatlisi, ekologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, Orol hududida qilingan bu ishlar bugun o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda, kelgusida ham bu tadbirlar izchil davom ettiriladi, ” – dedi A.Abduhakimov.

 

Ta’kidlash joizki, joriy yilda ham bu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

 

Shu kunlarda Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

custom img

44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishdan olindi

Shuningdek, “jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun” “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi.

custom img

Toshkent metrosi yer usti halqa liniyasida ish vaqti o‘zgartiriladi

Metro poyezdlari endilikda bir soat oldindan harakatlana boshlaydi.

custom img

Ugom daryosi davlat gidrologik tabiiy yodgorligiga aylantiriladi

Ugom daryosi va uning havzasida bioxilma-xillikni asrash, suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha yangi master-reja ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya, chiqindilarni boshqarish va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi yangi tezyurar poyezd qatnovi 3-maydan yo‘lga qo‘yiladi

“Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haftasiga 3 kun qatnab, safar vaqti 7,5 soat atrofida bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda podyezd va trotuarlar oldiga mashina qo‘yish taqiqlandi

Ko‘p qavatli uylar hududida yangi taqiqlar joriy etildi.

custom img

14 yoshli qizning tanishi PPX xodimini “shantaj” qilgani aniqlandi

IIBBga ko‘ra, Ohangarondagi mojaro shaxsiy kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelgan, PPX xodimiga nisbatan ayblovlar asossiz.

custom img

"Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ga 16 ta majburiy ko‘rsatma berildi

Qashqadaryodagi korxonada ekologik talablar buzilgani aniqlanib, ish sudga yuborildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"