O'zbekiston

O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi

Shuningdek, 3150 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2934 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 980 nafar shaxsga qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi

2026-yilning yanvar va fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tezkor tadbirlar o‘tkazilishi natijasida 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirlar davomida 116 ta tovlamachilik, 315 ta noqonuniy qurol saqlash, 86 ta qimorxona faoliyati va 40 ta odam savdosi kabi jinoyatlar aniqlangan. Shuningdek, 790 ta OIV infeksiyasini tarqatish, fohishaxona tashkil etish kabi jinoyatlar ham fosh qilingan. Qidiruvda bo‘lgan 533 nafar shaxs ushlanib, ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan.

 

Yanvar-fevral oylarida jami 3150 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2934 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 980 nafar shaxsga qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

 

Qayd etilishicha, noqonuniy qurollar bilan bog‘liq 315 ta ish davomida 4570 ta sovuq qurol musodara qilingan. Jumladan 50 ta bita, 72 ta kastet, 4004 ta o‘tkir tig‘li jism va 444 ta boshqa turdagi qurol. Shu bilan birga, 5814 dona o‘q-dori va 3,715 kilogramm portlovchi moddalar daliliy ashyolar sifatida olingan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchilikka undovchi va yoshlar orasida buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi 47 ta akkaunt ham bloklangan.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi vakillari jinoyatchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilayotgani va jamiyatda xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash ishlari davom etayotganini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi | Zamon.uz