Jahon

Pentagon rahbari Eronga qarshi zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi

Operatsiyada ko‘plab qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar jalb qilinadi.

Pentagon rahbari Eronga qarshi zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi

 

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Pit Xegset AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy operatsiya doirasida zarbalar yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, Eron hududiga nisbatan eng intensiv zarbalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Operatsiyada ko‘p sonli qiruvchi samolyotlar, bombardimonchi samolyotlar hamda aniqroq razvedka ma’lumotlaridan foydalanilishi ko‘zda tutilgan.

 

“Eron hududiga eng intensiv zarbalar beriladi. Operatsiyada ko‘proq qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar jalb qilinadi, zarbalar aniq razvedka ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi”, — dedi Pit Xegset.

 

Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari so‘nggi 24 soat ichida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa zarbalari sonining kamayganini qayd etgan.

 

Shu bilan birga, u AQSh hozircha Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirishni rejalashtirmayotganini ham ta’kidladi. Agar zarurat tug‘ilsa, Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan tankerlar va boshqa kemalarning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pentagon rahbari Eronga qarshi zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi | Zamon.uz