O'zbekiston

Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi katta miqdorda narkotik modda sotayotganda qo‘lga olindi

Shuningdek, Sirdaryoda tojikistonlik narkokurerlar chagaradan uloqtirgan 6 sumka narkotik moddani qabul qilib olgan ikki shaxs ushlandi.

Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi katta miqdorda narkotik modda sotayotganda qo‘lga olindi

Tojikistondan noqonuniy olib kirilgan jami 77 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi. Bu Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tegishli davlat organlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar to‘xtatib qolingan.

 

Xususan, O‘zbekiston–Tojikiston davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan chegaradagi sim to‘siq orqali uloqtirilgan 6 ta sumkani qabul qilib olayotgan paytda ikki nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olingan. Sumkalardan 8 kg 314 gramm geroin va 54 kg 458 gramm opiy topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ham narkotik moddalar savdosiga oid yana bir holat fosh etildi. Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalliy maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro 14 kg 680 gramm opiy moddasini 180 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu narkotik moddalar ham tojikistonlik narkokurerlar tomonidan yetkazib berilgan.

 

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan ham qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda uning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor-tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi katta miqdorda narkotik modda sotayotganda qo‘lga olindi | Zamon.uz