Jahon

Tojikiston Prezidenti Eron oliy rahbariga tabrik yo‘lladi

Imomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevdan keyin Mujtabo Xomanaiyni tabriklagan uchinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Tojikiston Prezidenti Eron oliy rahbariga tabrik yo‘lladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Mujtabo Xomanaiyni  Eron Islom Respublikasining yangi oliy rahbari etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Tabrik maktubida Imomali Rahmon Eron xalqining mamlakat oldida turgan murakkab sinovlarni yangi rahbar boshchiligida yengib o‘tishiga ishonch bildirgan. 

 

Shuningdek, Tojikiston yetakchisi Eronning mintaqaviy hamda global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ham ta’kidlagan.

 

Imomali Rahmondan avval Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham Mujtabo Xomanaiyni tabriklagan edi.

 

9 mart kuni Eronning 88 nafar a’zodan iborat Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiyni mamlakatning yangi oliy rahbari etib saylagan edi. U siyosiy va ijtimoiy masalalarda tajribaga ega diniy arbob sifatida ta’riflanmoqda.

 

Shundan so‘ng Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yangi rahbarga sodiqlik qasamyodini qabul qilgani bildirildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tojikiston Prezidenti Eron oliy rahbariga tabrik yo‘lladi | Zamon.uz