Jahon

Tramp va Putin Erondagi urushni yakunlash masalalarini ko‘rib chiqdi

Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha ham muzokara o‘tkazilgan.

Tramp va Putin Erondagi urushni yakunlash masalalarini ko‘rib chiqdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi va suhbatda Eron urushi hamda Ukraina mojarosini yakunlash bo‘yicha harakatlar muhokama qilindi. Bu haqida Kremlga tayanib Axios xabar bermoqda.

 

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari muloqotida Eron atrofidagi mojaro va Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga urg‘u berilgan. 

 

Suhbat AQSH prezidenti tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Ikki mamlakat prezidentlari Erondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashgan.

 

Telefon suhbati davomida Putin Erondagi mojaroni tezroq siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan qator mulohazalarini bildirgan. Shu bilan birga, Rossiya rahbari AQSH va shaxsan Trampning Ukraina mojarosini hal qilishdagi vositachilik sa’y-harakatlarini ijobiy baholashini qayd etgan.

 

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan. Ukraina mavzusining muhokamasi ham ijobiy tarzda o‘tkazilgan.

 

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaqin Sharqdagi urush Moskvaning urushi emasligini va uni faqat boshlagan odam to‘xtatishi mumkinligini aytgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp va Putin Erondagi urushni yakunlash masalalarini ko‘rib chiqdi | Zamon.uz