Jahon

Trampning maslahatchilari uni Eronga qarshi urushdan chiqish yo‘lini topishga undamoqda — The Wall Street Journal

Maslahatchilar neft narxlarining oshishi va uzoq davom etadigan mojaro siyosiy norozilikka sabab bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.

Trampning maslahatchilari uni Eronga qarshi urushdan chiqish yo‘lini topishga undamoqda — The Wall Street Journal

AQSh Prezidenti Donald Trampning bir nechta maslahatchilari so‘nggi kunlarda unga Eron bilan urushdan chiqish uchun reja ishlab chiqishni tavsiya qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yuqori martabali Oq uy vakillariga tayanib, xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Eron bilan bog‘liq mojarolarda ishtirok etishni to‘xtatish neft narxlarining oshishi va uzoq davom etadigan mojaro oqibatida paydo bo‘layotgan xavotirlar fonida muhim hisoblanadi. 

 

Shuningdek, AQSh ma’muriyatining vakili AQSh harbiy ustunlikka ega bo‘lib turgan bir paytda, Tramp urushni faqat qoniqarli g‘alabaga erishsagina to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qilgan.

 

“Tramp Eronning AQSh va Isroilning tinimsiz qo‘shma harbiy kampaniyasiga qaramay taslim bo‘lmayotganidan hayratda qolmoqda,” — deya qo‘shimcha qilgan mansabdor.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Trampning maslahatchilari uni Eronga qarshi urushdan chiqish yo‘lini topishga undamoqda — The Wall Street Journal | Zamon.uz