O'zbekiston

2026-yilda kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik 133 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

2026-yilda kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik 133 ta loyiha amalga oshiriladi

 

Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tarmoqni “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan yangi strategik rejalashtirish tizimi asosida rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 

Joriy yilda kimyo sanoati mahsulotlari eksportini 720 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Qishloq xo‘jaligini zarur o‘g‘itlar bilan ta’minlash maqsadida 1,12 million tonna azotli, 135 ming tonna fosforli va 222 ming tonna kaliyli o‘g‘it ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda tarmoq va hududlarda 9,5 milliard dollarlik 133 ta loyiha amalga oshiriladi hamda 2,5 milliard dollar investitsiya jalb etiladi. Shu jumladan, 24 ta strategik loyiha doirasida 7 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushiriladi.

 

Yig‘ilishda Qo‘ng‘irot soda zavodi, Samarqandkimyo hamda Dehqonobod kaliy zavodidagi loyihalarning amalga oshirilishi tanqidiy ko‘rib chiqilib, muddatlarni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, Ammofos‑Maksam korxonasida to‘plangan fosfogips chiqindilarini qayta ishlash va undan qo‘shimcha mahsulotlar, jumladan sulfat kislotasi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

 

Kimyo sanoatini rivojlantirish doirasida Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu markaz gaz va ko‘mir kimyosi, nano va kompozit materiallar, katalizatorlar hamda boshqa yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boradigan Markaziy Osiyodagi yetakchi ilmiy platformaga aylanishi kutilmoqda.

 

Bundan tashqari, Farg‘onaazot va Navoiyazot korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, maishiy kimyo mahsulotlari hamda yangi turdagi shinalar ishlab chiqarish loyihalarining borishi haqida ma’lumot berildi.

 

Yig‘ilishda O‘zkimyosanoat tizimida raqamlashtirishni kengaytirish, ERP tizimini joriy etish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali tarmoq samaradorligini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Energiyani tejash va xarajatlarni optimallashtirish orqali mahsulot tannarxini 10–15 foizgacha kamaytirish vazifasi qo‘yildi.

 

Yakunda davlat rahbari kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish, muammoli masalalarni tezkor hal etish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2026-yilda kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik 133 ta loyiha amalga oshiriladi | Zamon.uz