Jahon

AQSh Eronga qarshi operatsiyaga kuniga 900 mln dollar sarflamoqda

Oq uy yaqin kunlarda AQSh Kongressidan qo‘shimcha mudofaa byudjeti so‘rashi kutilmoqda.

AQSh Eronga qarshi operatsiyaga kuniga 900 mln dollar sarflamoqda

AQSh tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy operatsiyalar uchun kuniga taxminan 900 million dollar sarflanmoqda. Bu haqda AQSh Senatidagi ko‘pchilik yetakchisi John Thune ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Interfaks.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya katta mablag‘ talab qilayotganiga qaramay, AQSh qo‘shinlari o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishmoqda.

 

“Bu sezilarli xarajat, biroq biz yaxshi holatdamiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifalar bajarilmoqda. Bu muhim missiya va umid qilamanki, u tez orada yakunlanadi”, — degan Thune.

 

Avvalroq xalqaro ommaviy axborot vositalari AQSh tomonidan Eronga qarshi dastlabki harbiy zarbalar doirasida o‘q-dorilar uchun 5,6 milliard dollar sarflangani haqida xabar bergan edi.

 

Shuningdek, Oq uy yaqin kunlarda harbiy operatsiyalarni moliyalashtirish uchun o‘nlab milliard dollarga teng qo‘shimcha mudofaa byudjeti ajratishni so‘rab, AQSh Kongressiga murojaat qilishi kutilmoqda.

custom img

Isroilda raketa hujumi oqibatida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

U so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va ushbu davlat fuqarosi hisoblangan.

custom img

Xitoy Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida 9 ta chegara inshooti quradi

Loyiha qiymati 550 million somoniydan ortiq bo‘lib, mablag‘ to‘liq Xitoy tomonidan qoplanadi.

custom img

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli yirik banklarga hujum qilishi mumkin

Eron harbiy shtabi rahbari Yaqin Sharq mamlakatlari aholisiga ushbu obyektlardan bir kilometr uzoqroqda bo‘lishni maslahat berdi.

custom img

72 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgandan buyon 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan.

custom img

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri

Vazir Muhammad bin Abdulaziz al-Xulayfiy Eron va Qo‘shma Shtatlarni vositachilik yo‘li bilan yechim topish uchun muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.

custom img

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi

So‘rovning sabablaridan biri sifatida Trampning urush tugagandan keyin Venesueladagi kabi Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiligi keltirilgan.

custom img

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi

Isroil harbiylari Bayrutdagi mehmonxonada eronlik agentlarning maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor bo‘lgan.

custom img

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar muftiylari fatvosi asosida qabul qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"