Jahon

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi

So‘rovning sabablaridan biri sifatida Trampning urush tugagandan keyin Venesueladagi kabi Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiligi keltirilgan.

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi

AQSH Isroildan Eronning energetika obyektlari, ayniqsa neft infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatishni “yuqori siyosiy darajada” so‘radi. Bu haqda so‘rovdan xabardor uchta manbaga tayanib Axios ma’lumot berdi.

 

7-mart kuni Isroil havo kuchlari Tehron va qo‘shni Karaj shahridagi neft omborlariga zarbalar berdi. Natijada Eron poytaxtida neft bazalaridagi yong‘inlar natijasida hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi zarrachalar sabab “qora yomg‘ir” kuzatildi.

 

Isroil rasmiylaridan biriga ko‘ra, AQSH Eronning neft obyektlariga rejalashtirilayotgan har qanday zarba haqida oldindan ogohlantirishni so‘ragan. Prezident Donald Tramp ma’muriyati Isroil bunday zarbalarni to‘xtatishi kerakligining uchta sababini keltirgan.

 

Birinchidan, ular asosiy qismi Eron hukumatiga qarshi bo‘lgan fuqarolarga ham zarar yetkazadi; ikkinchidan, Tramp Venesueladagi kabi urush tugaganidan keyin Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi; uchinchidan, bunday o‘qqa tutishlar Tehronning Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi energetika infratuzilmasiga keng ko‘lamli javob hujumlarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Axios'ning yozishicha, bu Eronga qarshi urush boshlanganidan beri AQSHning Isroil harbiy harakatlarini birinchi marta cheklashi hisoblanadi

 

“Trampning iltimosi yuqori siyosiy darajada, shuningdek, alohida Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamirga yetkazildi”, dedi Isroil rasmiylaridan biri.

 

Tramp Eron energetika va neft obyektlariga zarba berishni “oxirgi choralar” ssenariysi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Agar Eron birinchi bo‘lib AQSH ittifoqchisi bo‘lgan arab davlatlarining neft infratuzilmasiga hujum qilsa, javob zarbalari beriladi.

 

Shu bilan biraga AQSH Eron neft obyektlariga yangi zarbalar seriyasi jahon xomashyo narxining yanada oshishiga olib kelishidan xavotirda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Isroildan Erondagi neft va energetika obyektlariga zarba bermaslikni so‘radi | Zamon.uz