O'zbekiston

Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda va pora berishda ayblanib, hibsga olindi

Bloger samarqandlik fuqaroning boshqa shaxs bilan moliyaviy masalasini hal qilib berish evaziga pul olgan.

Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda va pora berishda ayblanib, hibsga olindi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro firibgarlik qurboni bo‘lgani haqida ichki ishlar organlariga murojaat qilgani yuzasidan bloger Sirojiddin Odilovga nisbatan qamoqqa olish jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1961-yilda tug‘ilgan R.X. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2024-yil avgust oyida Toshkent shahrida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan Sirojiddin Odilovga boshqa shaxs bilan o‘rtasidagi moliyaviy masalani hal qilib berishni so‘rab murojaat qilganini bildirgan. Sirojiddin Odilov vakolatli shaxs bo‘lmasa-da, masalani uning foydasiga hal qilib berish evaziga ma’lum miqdorda pul olgan, biroq hozirgacha va’dasini bajarmay, uni aldab kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sirojiddin Odilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Hozirda mazkur ish bo‘yicha Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, Sirojiddin Odilov tarmoqlarda “Sirojiddin Media” nomi bilan faoliyat yuritadi va uning YouTube’dagi sahifasida salkam 1 mln, Facebook’da 50 mingga yaqin, Instagram’da 30 mingdan ziyod obunachisi bor. Bloger asosan huquqiy-ijtimoiy mavzularda chiqishlar qilib kelgan.

 

"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

 

“Sirojidinning jinoyat ishi debochadanoq protsessual xatolar bilan boshlandi. Ehtiyot chorasini belgilash bo‘yicha mahkamaga poytaxtdan borgan ikki nafar advokat orderi bo‘la turib qo‘yilmadi, aksincha, davlat advokati ishtirok etdi. Himoyalanish huquqi shaxsning imperiativ huquqi bo‘lib, bunday huquqning buzilishi jinoyat ishining xolis ko‘rilishiga shubha uyg‘otadi”, – deb yozadi Tashanov.

 

Huquq himoyachisining taxminicha, “tizim endi bunday shubhalarni pardalash uchun aybsizlik prezumpsiyasiga zid ravishda Odilov shaxsiga nisbatan trolling uyushtirishi” mumkin.

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.