Jahon

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli yirik banklarga hujum qilishi mumkin

Eron harbiy shtabi rahbari Yaqin Sharq mamlakatlari aholisiga ushbu obyektlardan bir kilometr uzoqroqda bo‘lishni maslahat berdi.

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli yirik banklarga hujum qilishi mumkin

Eron bankiga qilingan hujumdan keyin mamlakat harbiy shtabi rahbari Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli iqtisodiy markazlar va banklarga zarba berilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga tayanib Al Jazeera xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan obyektlar orasida Google, Microsoft, Palantir, IBM, Nvidia va Oracle kompaniyalariga tegishli ofislar ham bor. Bulut xizmatlari infratuzilmasi Isroilning bir necha shaharlarida va ba’zi Fors ko‘rfazi davlatlarida joylashgan.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Xatam al-Anbiya shtabi vakili hudud aholisi banklardan kamida bir kilometr masofada turishi kerakligini ogohlantirdi. 

“Amerikaliklar bizning og‘riqli javob choralarimizni kutishi lozim” — deya qo‘shimcha qildi vakil.

Eron rasmiylari bayonotiga ko‘ra, AQSh va Isroil urush boshlangandan beri mamlakatdagi 10 000 dan ortiq fuqarolik obyektlariga hujum qilingan va 1 300 dan ortiq tinch aholini o‘ldirilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH va Isroilga tegishli yirik banklarga hujum qilishi mumkin | Zamon.uz