O'zbekiston

Farg‘onada hujra tashkil qilib, bolalarga diniy ta'lim berayotgan shaxs ushlandi

Hujrada 6–14 yoshdagi 17 nafar bola noqonuniy tarzda ta’lim olayotgani aniqlangan.

Farg‘onada hujra tashkil qilib, bolalarga diniy ta'lim berayotgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berilgan yashirin hujra faoliyati aniqlanib, uni tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq holat fosh etilgan.

 

Tekshiruvlar davomida yashirin hujrada 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar bola ta’lim olayotgani aniqlangan. Bolalarning 14 nafari Qo‘qon shahridan, qolganlari esa respublikaning boshqa hududlaridan kelgani ma’lum bo‘lgan.

 

Shuningdek, ota-onalar farzandlarini ushbu hujrada o‘qitish uchun tashkilotchiga oyiga 100–150 AQSH dollari miqdorida to‘lov qilib kelgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-2-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.