Jahon

Isroilda raketa hujumi oqibatida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

U so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va ushbu davlat fuqarosi hisoblangan.

Isroilda raketa hujumi oqibatida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Isroilning Yehud shahrida joriy yilning 9-mart kuni sodir bo‘lgan raketa hujumi natijasida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

 

Marhum R.G‘. O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan va 2017-yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan. U so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va ushbu davlat fuqarosi hisoblangan. Elchixona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

 

11-mart holatiga ko‘ra, Isroilda bo‘lgan boshqa o‘zbekistonliklar orasida jarohat olganlar haqida elchixonaga xabar kelmagan.

 

Elchixona Isroil hududida vaziyat keskinligicha saqlanib qolayotganini inobatga olib, mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki doimiy yashab kelayotgan barcha vatandoshlarni ogohlantirish signallariga jiddiy munosabatda bo‘lishga, xavfsizlik talab va qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroilda raketa hujumi oqibatida 62 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi | Zamon.uz