Jahon

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri

Vazir Muhammad bin Abdulaziz al-Xulayfiy Eron va Qo‘shma Shtatlarni vositachilik yo‘li bilan yechim topish uchun muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulaziz al-Xulayfiy Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlikni kamaytirishga chaqirdi hamda Eron va AQSHni vositachilik orqali yechim topish uchun muzokaralar stoliga qaytishga undadi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Vazir Al Jazeera’ga bergan maxsus intervyusida Eronning qo‘shni davlatlarga qilayotgan hujumlari “hech kimga foyda keltirmasligini” ta’kidladi.

 

Eron AQSH va Isroil tomonidan qariyb ikki hafta davom etgan bombardimonlarga javoban Fors ko‘rfazi mintaqasidagi qo‘shni davlatlarga va undan tashqariga raketa hamda dronlar uchirdi. Bu hujumlar  insonlar halok bo‘lishiga, muhim infratuzilmalarga zarar yetishiga sabab bo‘lib, mintaqaning energetikaga tayanadigan iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qildi.

 

Al-Xulayfiy Qatar kengayib borayotgan hujumlar, jumladan fuqarolik infratuzilmasiga qilingan zarbalar sabab “nihoyatda xavotirda” ekanini aytdi.

 

“Hozirgi vaziyat juda achinarli. Barqaror va uzoq muddatli yechimga erishishning yagona yo‘li muzokaralar stoliga qaytishdir”,  —  dedi vazir.

 

Shuningdek, Al- Xulayfiy Qatar suverenitetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatayotgan “asossiz va dahshatli hujumlar qat’iy qoralanishini bildirdi.

 

Vazirning aytishicha, Doha ushbu tajovuzga qarshi o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanib “barcha mumkin bo‘lgan va qonuniy choralarni” ko‘rishda davom etadi.

 

Al-Xulayfiyning ta’kidlashicha, mazkur mojaro Fors ko‘rfazining energiya ta’minoti zanjiri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali uzluksiz o‘tishini ta’minlash uchun “global yechim”ni talab qiladi. Chunki bu yerdagi xalqaro qatnov mojaro tufayli jiddiy izdan chiqqan.

 

Shuningde, vazir hozirda Eron Qatar va O‘monga ham hujum qilayotgani tufayli bu ikki mamlakat vositachi vazifasini bajara olmasligi qayd etdi.

 

“Eronning dushmani mintaqadagi mamlakatlar emas, Tehron buni tushunmayapti”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.

 

Shu bilan birga Qatar tashqi ishlar vaziri Doha AQShni ham harbiy harakatlarni to‘xtatishga undaganini ma’lum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mintaqadagi davlatlar Eronning dushmani emas — Qatar tashqi ishlar vaziri | Zamon.uz