O'zbekiston

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

Loyiha doirasida 10 ta burg‘ilash dastgohi olib kelinib, quduqlar 5500−6000 metr chuqurlikda burg‘ilanadi.

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

"O‘zbekneftgaz" Xitoyning CNPC milliy korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi XIBU kompaniyasi bilan 2026−2027-yillarda 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Kelishuvga ko‘ra, burg‘ilash ishlarini amalga oshirish uchun yuk ko‘tarish quvvati 450 tonnagacha bo‘lgan 10 ta burg‘ilash qurilmasi O‘zbekistonga olib kelinadi.

 

Loyiha “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovning Xitoyga xizmat safari doirasida neft-gaz sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida amalga oshirilmoqda. Avvalroq tomonlar 2026–2029-yillar davomida O‘zbekistonda jami 105 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qilgan edi.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi quduqlar tabiiy gaz zaxiralari istiqbolli deb topilgan maydonlarda burg‘ilanadi. Ularning chuqurligi 5500–6000 metr atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, ayrim quduqlarda 1000 atmosferagacha bosim va 200 darajagacha harorat kuzatilishi mumkinligi qayd etilgan. 

 

Ta’kidlanishicha, loyiha murakkab geologik sharoitlarda xavfsiz burg‘ilashni ta’minlash, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish hamda mamlakat gaz zaxiralarini oshirishga xizmat qiladi.

 

Avvalroq, 12-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” faoliyatining istiqboldagi rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishib, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va gaz qazib chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar bergan edi.

 

Bundan tashqari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari O‘rol Sa’dullayev 2026-yildan boshlab geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun “O‘zbekneftgaz”ga kamida 30 ta istiqbolli maydon ajratilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, fevral oyida O‘zbekneftgaz Xitoyning BGP Yuhang va China National Petroleum Corporation bilan seysmik qidiruv, burg‘ilash hamda texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilgan. 

 

Muhokamalarda 2026-yilda Muborak va Ustyurt hududlarida tadqiqotlar olib borish, kamida 6,5 ming kvadrat kilometr maydonda 3D seysmik izlanishlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi | Zamon.uz