O'zbekiston

Platforma yaratish uchun o‘tkazilgan tenderda qatnashgan kompaniyalar bir shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish platformasini yaratish jarayonida shubhali davlat xaridi o‘rganildi.

Platforma yaratish uchun o‘tkazilgan tenderda qatnashgan kompaniyalar bir shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi

OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi tarqalgan xabarlar asosida, PF-87-son Prezident farmoniga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan davlat organlariga onlayn murojaat qilish platformasini yaratish jarayoni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganilgani ma'lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, topshiriq ijrosiga mas’ul Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bo‘lib, platformani ishlab chiqish bo‘yicha 2022-yil 14-noyabrda boshlang‘ich narxi 737 mln so‘mlik tanlov o‘tkazilgan.

Davlat xaridida “E.” MChJ 710 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqgan, yagona raqib sifatida ishtirok etgan “I.” MChJ esa zaxira g‘olib deb topilgan. O‘rganish davomida mazkur ikki talabgor hujjatlari bir xil qurilma va IP-manzildan yuklangani aniqlangan.

Shuningdek, platformaning App Storedagi mobil ilovasining ishlab chiqaruvchisi sifatida “I.U” jamoat birlashmasi qayd etilgan bo‘lib, birlashma ta’sischisi B.S.S. zaxira g‘olib “I.” MChJning yagona rahbari va ta’sischisi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, buyurtmachi 710 mln so‘m mablag‘ni “E.” MChJga to‘lab bergan, lekin u joriy xarajat sifatida hisobga olingan va platformani balansga qabul qilish chorasi ko‘rilmagan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy choralar ko‘rish maqsadida yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Platforma yaratish uchun o‘tkazilgan tenderda qatnashgan kompaniyalar bir shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi | Zamon.uz