O'zbekiston

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Oltin quymalarni mashinaning kuzov qismiga yashirib, olib o‘tishmoqchi bo‘lgan.

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyatida oltin quymalarning noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga olib chiqilishining oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv natijasida avtomobil kuzov qismi ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quyma borligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin quymalarning sof og‘irligi 1 kilogramm 232 gramm bo‘lib, umumiy qiymati 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.