O'zbekiston

Toshkentda talabalar va uy egasi o‘rtasida ijara puli sabab janjal yuz berdi

Hozirda holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda hamda hujjatlarni tuman sudiga yuborish rejalashtirilgan.

Toshkentda talabalar va uy egasi o‘rtasida ijara puli sabab janjal yuz berdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida ijara haqi bo‘yicha kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan janjal yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 10-mart kuni Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Sergeli-7 mavzesidagi ko‘p qavatli uylardan birida ijarada yashab kelayotgan Toshkent davlat yuridik instituti talabalari hamda ular bilan birga yashovchi fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

 

Holat yuzasidan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlanib, Sergeli tumani ichki ishlar bo‘limida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, janjal ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ular uylariga javob berilgan.

 

Hozirda to‘plangan materiallar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda hamda hujjatlarni tuman sudiga yuborish rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.