O'zbekiston

"Tashabbusli budjet”dagi qoidabuzarliklar sabab 10 ta tuman va shahar ovoz berish bosqichidan chetlatildi

Mazkur hududlardagi ishchi komissiyalar loyihalarni amaldagi mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqmaguncha cheklov saqlanib qoladi.

"Tashabbusli budjet”dagi qoidabuzarliklar sabab 10 ta tuman va shahar ovoz berish bosqichidan chetlatildi

11-martdan “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Biroq ayrim hududlarda saralash jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar sabab 7 ta tuman va 3 ta shahar ushbu bosqichda vaqtincha ishtirok eta olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil birinchi mavsumi doirasida fuqarolardan jami 21 049 ta loyiha kelib tushgan. Shundan 17 390 tasi saralash bosqichidan o‘tib, ovoz berish bosqichiga chiqarilgan.

Ammo Xorazm viloyatining Urganch shahri, Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xiva, Yangiarik tumanlari, Toshkent viloyatining Zangiota tumani, shuningdek Farg‘ona shahri, hamda Navoiy viloyatining G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida ayrim loyihalar ishchi komissiyalar tomonidan asossiz rad etilgani yoki mezonlarga mos kelmaydigan loyihalar ovoz berishga bosqichiga chiqarilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, vazirlik ushbu holatlar yuzasidan loyihalarni qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Biroq tegishli hududlardagi ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar qayta ko‘rib chiqilmagan.

Shu sababli, loyihalar amaldagi mezonlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgunga qadar ushbu tuman va shaharlarda ovoz berish jarayoni vaqtincha cheklanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berish bosqichi 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi.

Shuningdek, joriy mavsumdan boshlab “Tashabbusli budjet”da sheriklik mexanizmi ham joriy etildi. Unga ko‘ra, agar loyiha uchun zarur mablag‘ning yarmi tashabbuskorlar tomonidan yig‘ilsa, loyiha ovoz berish bosqichisiz avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi.

Ilk mavsumda 16 ta loyiha shu tartibda g‘olib bo‘lgan. Ularni moliyalashtirish uchun fuqarolar tomonidan jami 3,3 mlrd so‘m mablag‘ to‘plangan.

Mazkur loyihalarning 7 tasi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi loyihalar avvalgi mavsumlarda ketma-ket g‘olib bo‘lgani sabab tanaffusga tushgan mahallalar tomonidan sheriklik asosida yana ilgari surilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Tashabbusli budjet”dagi qoidabuzarliklar sabab 10 ta tuman va shahar ovoz berish bosqichidan chetlatildi | Zamon.uz