Jahon

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi

Isroil harbiylari Bayrutdagi mehmonxonada eronlik agentlarning maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor bo‘lgan.

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi

Eronning BMTdagi elchisi Amir Said Iravoniy o‘tgan yakshanba kuni Bayrutdagi “Ramada” mehmonxonasiga berilgan zarba natijasida to‘rt nafar eronlik diplomat halok bo‘lganida Isroilni rasman aybladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Iravoniy BMT bosh kotibi Antonio Guterrishga yo‘llagan maktubida hujum diplomatlar o‘z rasmiy qarorgohlaridan mehmonxonaga ko‘chib o‘tganidan keyin amalga oshirilgan “qasddan va nishonga olingan hujum” bo‘lganini ta’kidlagan.

“Boshqa suveren davlat hududida xizmat qilayotgan suveren davlat vakillari bo‘lgan to‘rt nafar eronlik diplomatning nishonga olinib o‘ldirilishi jiddiy terrorchilik harakati hamda xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi hisoblanadi”, deyiladi maktubda.

Zarba Bayrut markazidagi mehmonxonaning to‘rtinchi qavatiga berilgan. Isroil harbiylari esa binoda eronlik agentlarning maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor bo‘lgan.

Isroil Mudofaa kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida halok bo‘lgan besh kishi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining xorijdagi operatsiyalarni amalga oshiruvchi elit bo‘linmasi — “Quds” kuchlarida ishlagan.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, zarba natijasida 4 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan, biroq ularning ismlari hozircha ochiqlanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tehron Bayrutda to‘rt nafar eronlik diplomatning o‘ldirilganini terrorchilik harakati sifatida baholadi | Zamon.uz