Jahon

Xitoy Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida 9 ta chegara inshooti quradi

Loyiha qiymati 550 million somoniydan ortiq bo‘lib, mablag‘ to‘liq Xitoy tomonidan qoplanadi.

Xitoy Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida 9 ta chegara inshooti quradi

Xitoy hukumati Tojikiston va Afgʻoniston chegarasi hududida toʻqqizta chegara inshooti qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Asia Plus nashri xabar berdi.

 

Mazkur kelishuv loyihasi 4-mart kuni Tojikiston parlamenti yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, loyiha Tojikiston chegara qo‘shinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi.

 

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) raisining birinchi oʻrinbosari Murodali Rajabzoda parlament majlisida ma’lum qilishicha, loyihaning ikkinchi bosqichi bo‘yicha almashinuv xatlari allaqachon imzolangan.

 

Unga ko‘ra, quriladigan chegara inshootlarining umumiy maydoni 17 109 kvadrat metrni tashkil etadi. Qurilish xarajatlari taxminan 569 million somoniy (424 million 830 ming Xitoy yuani)ni tashkil etib, ushbu mablag‘ Xitoy hukumati tomonidan qoplanadi.

 

Kelishuvga muvofiq, Tojikiston tomoni loyiha doirasidagi qurilish ishlarini soliqlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy yig‘imlardan ozod qilish uchun mas’ul bo‘ladi.

 

Hozircha mazkur chegara inshootlari aynan qaysi hududlarda barpo etilishi va ularning turi qanday bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida 9 ta chegara inshooti quradi | Zamon.uz