Jahon

Afg‘onistonda kamida 12 ta sudsiz qatl holati qayd etilgan — BMT

Shuningdek, 29 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va 6 ta qiynoq holati hujjatlashtirilgan.

Afg‘onistonda kamida 12 ta sudsiz qatl holati qayd etilgan — BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi choraklik hisobotda Afg‘onistonda inson huquqlari bilan bog‘liq qator jiddiy holatlar qayd etilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Tolo news nashri xabar berdi.

 

Hisobotga ko‘ra, 6-noyabrdan 25-yanvargacha bo‘lgan davrda mamlakatda sobiq hukumat amaldorlari hamda xavfsizlik kuchlari vakillariga nisbatan kamida 12 ta sudsiz qatl holati aniqlangan. Ushbu voqealarda Tolibon vakillari bilan bir qatorda noma’lum shaxslar ham ishtirok etgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, BMT mutaxassislari tomonidan 29 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va 6 ta qiynoq hamda yomon muomala holati hujjatlashtirilgan.

 

Hisobotda ayrim jabrlangan shaxslar mamlakatga qaytganidan so‘ng hujumga uchragani ham alohida ta’kidlangan. Bunday holatlar Tolibon tomonidan ilgari e’lon qilingan “umumiy amnistiya” siyosatiga qaramay davom etayotgani qayd etilib, bu sobiq hukumat vakillari xavfsizligi va huquqiy himoyasi borasida jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirmoqda.

 

Inson huquqlari tashkilotlari ushbu holatlar yuzasidan shaffof va mustaqil tergov o‘tkazish, shuningdek, aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda kamida 12 ta sudsiz qatl holati qayd etilgan — BMT | Zamon.uz