Jahon

AQSh Erondagi maktabga raketa hujumi uchun javobgar deb topildi

Tergov xulosasiga ko‘ra, bu xato eskirgan razvedka ma’lumotlari va shoshilinch harbiy qarorlar natijasida yuzaga kelgan.

AQSh Erondagi maktabga raketa hujumi uchun javobgar deb topildi

AQSh rasmiylari Eronning Shajarayi Toyiba boshlang‘ich maktabiga raketa zarbasi uchun javobgar deb topildi. Eron tomoni xabar berishicha, hujum natijasida kamida 175 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati bolalar.

 

The New York Times gazetasi chop etgan harbiy tergovning dastlabki xulosalariga ko‘ra, 28-fevral kuni sodir bo‘lgan voqea Tomahawk raketalari uchun nishonlarni aniqlashda eskirgan razvedka ma’lumotlaridan foydalanish natijasida yuzaga kelgan. Ushbu xato Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) nishonlariga qaratilgan operatsiya davomida sodir bo‘lgan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) zobitlari Mudofaa razvedka boshqarmasi (DIA) tomonidan taqdim etilgan koordinatalarga tayanib harakat qilgan, ammo bu ma’lumotlar maktab binosining fuqarolik maqomini hisobga olmagan.

 

Maktab ilgari harbiy bazaga tutash bo‘lgan bo‘lsa-da, 2013–2016 yillarda u ta’lim muassasasi sifatida qayta qurilgan.

 

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari binoning jamoat kirish joylari ochilganini, yo‘lakchalarda o‘yin maydonchalari belgilanganini va binoning ko‘k va pushti ranglarga bo‘yalganini ko‘rsatgan. Shunga qaramay, inson xatosi va shoshilinch jangovar sharoitlarda shaxsiy tarkib koordinatalarni tekshirmasligi voqeaga sabab bo‘lgan.

 

Voqea joyida Eron tomoni raketa komponentlarining parchalarini yig‘ib, mutaxassislarga ishlatilgan qurol turini tasdiqlash imkonini yaratgan. Hozirda rasmiylar maktabni harbiy obyekt sifatida noto‘g‘ri aniqlashga olib kelgan qaror protokollarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

Tramp Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga taklif qilinmadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi AQSh prezidentining paradga taklif etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Eron mojarosi 30 milliondan ortiq odamni qashshoqlikka tushirishi mumkin — BMT

Urush oqibatlari 160 mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp Eronni “rahm-shafqat so‘rashga” chaqirdi

AQSh prezidenti Eronni muzokara va taslim bo‘lishga undab, uning iqtisodiy holatini “o‘lik” deb ta’rifladi.

custom img

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

9-may arafasidagi sulh taklifi Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ilgari surilgan.

custom img

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"