Jahon

AQSh Green Card lotereyasi qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

O‘zgarishlar 2026-yil 10-apreldan kuchga kirishi va DV-2027 lotereyasiga ta’sir qilishi kutilmoqda.

AQSh Green Card lotereyasi qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

AQSh hukumati Green Card (DV) lotereyasida ishtirok etish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Federal Register nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi qoidalar 2026-yil 10-apreldan kuchga kirishi mumkin va ular DV-2027 lotereyasidan boshlab amal qiladi.

 

Taklif etilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, lotereyada qatnashish uchun ariza topshirayotgan shaxs amal qilayotgan pasportga ega bo‘lishi shart bo‘ladi. Ariza topshirish jarayonida pasportning shaxsiy ma’lumotlar hamda imzo joylashgan sahifasining skanerlangan nusxasi ham ilova qilinishi kerak bo‘ladi.

 

Shuningdek, arizani to‘ldirish uchun ajratilgan vaqtni 30 daqiqadan 90 daqiqagacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

 

AQSh davlat departamenti mazkur choralar firibgarlik arizalari sonini kamaytirish va lotereya jarayonining shaffofligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentabr oyida AQSh Davlat departamenti Diversity Visa (DV) lotereyasida ro‘yxatdan o‘tish uchun 1 dollar miqdorida to‘lov joriy etilishi mumkinligini ham ma’lum qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Green Card lotereyasi qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz