Jahon

AQSHning keyingi nishoni Rossiya bo‘ladi — Rossiya Kommunistik partiyasi raisi

Deputatning aytishicha, Fors ko‘rfazida sodir bo‘layotgan voqealar Amerika imperializmining niqoblari olib tashlanganini ko‘rsatmoqda.

AQSHning keyingi nishoni Rossiya bo‘ladi — Rossiya Kommunistik partiyasi raisi

Rossiya Kommunistik partiyasi raisi Gennady Zyuganov AQSHning Yaqin Sharqdagi harakatlarini “tajovuz, zo‘ravonlik va prinsip­sizlik”, deb baholadi. Zyuganov bu haqda Davlat dumasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

 

Uning aytishicha, Yaqin Sharqdagi urush Tramp strategiyasining bir qismi bo‘lib Erondan keyingi nishon Rossiya bo‘ladi.

 

“Omon qolish uchun kurashga kelsak, hozir Eron jang qilmoqda. Keyingisi biz bo‘lamiz. Trampning strategiyasiga qarang: birinchi o‘rinda Xitoy, ikkinchi o‘rinda biz, uchinchi o‘rinda Eron”, — dedi Zyuganov.

 

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazida sodir bo‘layotgan voqealar “Amerika imperializmining niqoblari olib tashlanganini” ko‘rsatmoqda. 

 

“Tezkor harbiy hujum rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular eronliklar tezda qo‘llarini ko‘taradi va o‘z shartlarimizni diktovka qilamiz deb umid qilishgandi. Hech biri o‘xshamayapti”, — dedi u.

 

Zyuganov urushning mintaqa uchun og‘ir oqibatlariga to‘xtalib, jangovar harakatlar suvni chuchuklashtirish qurilmalari va infratuzilmalarning shikastlanishi tufayli suv va oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolarga olib kelganini qayd etdi.

custom img

Tramp Eronni “rahm-shafqat so‘rashga” chaqirdi

AQSh prezidenti Eronni muzokara va taslim bo‘lishga undab, uning iqtisodiy holatini “o‘lik” deb ta’rifladi.

custom img

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

9-may arafasidagi sulh taklifi Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ilgari surilgan.

custom img

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

custom img

Men uchun do‘st yoki qarindosh degan tushuncha yo‘q — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti fevral voqealari, davlat to‘ntarishiga urinish, Tashiyev oilasi va korrupsiya ishlari yuzasidan izoh berdi.

custom img

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"