O'zbekiston

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Elektr, gaz va issiqlik tarmoqlariga noqonuniy ulanish uchun jarimalar oshiriladi, ayrim holatlarda ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llaniladi.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 11- mart kuni imzolangan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,

 

— jismoniy shaxslarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha (6 mln 180 ming so‘mdan 8 mln 240 ming so‘mgacha), 

 

— mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln 300 ming so‘mdan 12 mln 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 

Shuningdek, amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

 

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 180 ming so‘mdan 8 mln 240 ming so‘mgacha) jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 

Amaldagi tahrirda mazkur qoidabuzarlilar uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha (12 mln 360 ming so‘mdan 28 mln 840 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

 

Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.