Jahon

Erdog'an Yaqin Sharqdagi urushni to'xtatishga chaqirdi

Turkiya prezidentining ta’kidlashicha, Erondagi mojaroning kuchayishi butun mintaqada vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi mumkin.

Erdog'an Yaqin Sharqdagi urushni to'xtatishga chaqirdi

Rajap Tayyip Erdog‘an mintaqada keskinlashib borayotgan vaziyat fonida AQSh-Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik keng ko‘lamli urushga aylanishidan oldin uni to‘xtatishga chaqirdi.

 

Prezident Anqarada partiyasining parlament guruhi yig‘ilishida so‘zga chiqib, diplomatik yo‘l bilan mojaroning oldini olish “to‘liq mumkin” ekanini ta’kidlagan. Uning aytishicha, Turkiya vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarni qayta tiklash va diplomatik jarayonni faollashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

 

Davlat rahbari mintaqadagi vaziyat nihoyatda nozik ekanini qayd etib, Turkiya ushbu sharoitda ehtiyotkorona siyosat yuritayotganini hamda ehtimoliy xavflardan himoyalanish uchun zarur choralarni ko‘rayotganini bildirgan.

 

Shuningdek, u Turkiya mintaqadagi inqirozlarga befarq emasligini va og‘ir vaziyatlarda do‘st hamda qardosh davlatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidlagan.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mazhablararo nizolar va keskinliklarni kuchaytirishga qaratilgan urinishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda. Nutqi davomida Erdog'an musulmon dunyosida birlik zarurligini ta’kidlab, dinni mazhab yoki etnik kelib chiqish asosida ajratishga qarshi ekanini bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.