Jahon

Eron rejimi qulash xavfi ostida emas — AQSh razvedkasi

Eron rejimining barqarorligi saqlansa, urush AQSh xohlagandek yakunlanmasligi mumkin.

Eron rejimi qulash xavfi ostida emas — AQSh razvedkasi

Reuters agentligining manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh razvedkasi Eron rahbariyatida barqarorlik saqlangani tufayli deyarli ikki hafta davomida AQSh hamda Isroil tomonidan uzluksiz amalga oshirilgan bombardimonlardan keyin ham mamlakatda amaldagi rejim saqlanib qolishini bildirgan.

 

Agentlik suhbatdoshlari ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab razvedka hisobotlarida rejim qulash xavfi ostida emasligiga dalillar keltirilgan.

 

Neft narxining tez o‘sishi sababli siyosiy bosim kuchaygan bir paytda, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu hafta "2003 yildan beri eng yirik harbiy operatsiyani juda tez orada yakunlaymiz", deb bayonot bergan edi.

 

Agentlikning yozishicha, Eron yetakchilari barqaror qolaversa, urushni maqbul tarzda yakunlash qiyin bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, razvedka xabarlarida, 28 fevralda, AQSh va Isroil zarbalari boshlanganining birinchi kuni Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy vafot etganiga qaramay, Eron diniy rahbariyatining birdamligi alohida ta’kidlangan.

 

Yopiq muzokaralarda qatnashgan Isroil rasmiylari ham urush diniy hukumatning qulashiga olib kelishiga aniq ishonch yo‘qligini tasdiqlashgan.

 

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Eron rejimi qulash xavfi ostida emas — AQSh razvedkasi | Zamon.uz