Jahon

Eron va "Hizbulloh" Isroilga 150 dan ortiq raketa uchirdi

Isroil Mudofaa armiyasi raketa hujumlari qaytarilganini ma’lum qildi.

Eron va "Hizbulloh" Isroilga 150 dan ortiq raketa uchirdi

"Hizbulloh" guruhi va Isroil Mudofaa armiyasi bir-biriga raketa zarbalari berdi. Eron ham "Hizbulloh" bilan qo‘shma operatsiya o‘tkazayotganini aytib, Isroil tomon raketalar uchirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

 

11-mart kuni kechqurun Isroil shimoli va markazidagi shaharlar "Hizbulloh" harakati tomonidan ommaviy raketa hujumiga uchradi. Isroil Mudofaa armiyasi hujumlar davomida 150 ga yaqin raketa uchirilganini va hujumlar qaytarilganini ma’lum qildi. 

 

Ma’lum qilinishicha, raketa hujumlari soat 20:00 atrofida boshlangan. Isroilning shimoliy va markaziy qismida havo trevogasi rejimi e’lon qilindi. Hayfada ham hudud bo‘ylab dronlar uchirilishi haqida ogohlantiruvchi sirenalar yangradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida ikki kishi jarohatlangan.

 

“Hizbulloh” hujum Isroilning harbiy obyektlariga va mamlakatning Livan bilan chegarasidan besh kilometr uzoqlikdagi aholi punktlariga qaratilganini ta’kidladi. Guruh nishonga olingan hududlardagi aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi. 

 

“Isroil "Hizbulloh" hujumiga javoban Bayrutga zarba berdi "Hizbulloh"ning Isroilga raketa hujumi Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri eng yirik hujum bo‘ldi, unda guruh Tehronni qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

 

"Hizbulloh" hujumidan ko‘p o‘tmay, Isroil armiyasi Bayrutdagi guruh obyektlariga, xususan, "Hizbulloh"ning tayanchi hisoblangan Dahiya tumaniga havo hujumlari uyushtirganini e’lon qildi. 

 

Isroil harbiylari otishmalar paytida harakatning 10 ta shtab-kvartirasi, shuningdek, ishga tayyor bo‘lgan raketa uchirish moslamalari yo‘q qilinganini bildirdi.  

 

Isroil Mudofaa armiyasiga ko‘ra, Livanga berilgan zarbalardan so‘ng Erondan Isroilga ballistik raketalar uchirilgan, ularning barchasi tutib qolingan.

 

Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi bu fonda Isroilning ikki davlat hududidan o‘qqa tutilishi "qo‘shma va integratsiyalashgan operatsiya" ekanligini ta’kidladi. Isroil kuchlari bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi. 

 

Nashrning qayd etishicha, 12 martga o‘tar kechasi Isroilga Livan tomonidan yana hujum uyushtirildi, bunda uzoq masofali raketalardan foydalanildi. Bu hujum paytida Tel-Aviv va uning atrofida sirenalar yangragan. Eron, shuningdek, Isroilning markaziy qismiga yana bir ballistik raketa uchirdi, Isroil esa Tehrondagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi obyektlariga javob zarbalari berganini ma’lum qildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.