Jahon

Eronning Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat qildi

Nutq urush, dushmanga qarshi choralar, reparatsiya talab qilish va qo‘shni davlatlardagi harbiy bazalarni yopishga chaqirishga bag‘ishlangan.

Eronning Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat qildi

12-mart kuni Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat qildi. Murojaat “Tasnim” axborot agentligi orqali tarqatilgan va Eron televideniyesida o‘qib eshittirilgan, ammo Xomanaiy kadrda ko‘rinish bermagan. U o‘z tayinlangani haqida Ekspertlar kengashidagi ovoz berish jarayoni orqali bilganini aytgan.

 

Xomanaiy nutqining markaziy mavzusi urush bo‘lgan. U harbiylarga dushmanga berilgan zarbalar uchun minnatdorlik bildirgan va Eron Hurmuz bo‘g‘ozini himoya qilishni davom ettirishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Yaman husiylari, “Hizbulloh” va Iroq qarshilik kuchlariga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun tashakkur bildirgan.

 

Xomanaiy halok bo‘lgan har bir eronlik uchun, jumladan Minobdagi qizlar maktabiga berilgan zarba uchun qasos olishga va’da bergan. U Eron dushmandan reparatsiya talab qilishini, rad etilgan taqdirda mulkni musodara qilish yoki shunga teng qiymatni yo‘q qilishini ogohlantirgan. Qo‘shni davlatlardagi xorijiy harbiy bazalarga ham bevosita ogohlantirish yuborilib, ularni iloji boricha tezroq yopishga chaqirgan.

 

Nutqning ichki siyosiy qismida Xomanaiy xalqning Oliy rahnamosiz qolgan kunlarda davlatni boshqarishda rolini ta’kidlagan, birdamlik va o‘zaro yordamga chaqirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eronning Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat qildi | Zamon.uz