Jahon

Mujtabo Xomanaiyning oyog‘i singani va yengil jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi

Eron rasmiysi yangi oliy rahnamoning jarohat olganini tasdiqladi.

Mujtabo Xomanaiyning oyog‘i singani va yengil jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi

Eronning yangi tayinlangan oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy yengil jarohat olgan bo‘lsa-da, faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda chorshanba kuni Eron rasmiysiga tayanib, Reuters xabar bermoqda. 

 

Avvalroq Eron davlat televideniyesi uni Ramazon urushida jarohat olgan faxriy ( jaanbaz), deb ta’riflagan edi. Xomanaiy yakshanba kuni Ekspertlar assambleyasi tomonidan rahbar etib saylanganidan buyon omma oldida chiqish qilmagan.

 

Shu sababli yangi oliy rahbarning Isroil va AQSh zarbalari vaqtida jarohat olgani haqidagi mish-mishlar tarqalgandi.

 

CNN manbasi 56 yoshli Xomanaiy oyog‘idan jarohat olganini, chap ko‘zi atrofida ko‘karishlar va yuzida mayda shilinishlar borligini bildirgan.

 

Eron rasmiysi Mujtabo Xomanaiyning qachon jarohat olgani yoki nima sababdan tayinlanganidan buyon jamoatchilikka murojaat qilmagani haqida batafsil ma’lumot bermadi.

 

Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, 28-fevral kuni berilgan zarbalarda Mujtabo Xomanaiyning otasi Ali Xomanaiydan tashqari uning onasi, singlisi va rafiqasi ham halok bo‘lgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.