Jahon

Nyu-Yorkda yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Bosh konsullik marhumning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyor.

Nyu-Yorkda yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

AQShning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda O'zbekistonning shahardagi Bosh konsulligi xabar berdi.

 

Hodisa 2026-yil 10-mart kuni sodir bo‘lgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Nyu-York shahar transport departamentiga tegishli yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan.

 

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi marhum N.K.ning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyor.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"