O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr iste’moli bir kunda 267 mln kVt soatga yetib, rekord qayd etildi

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekistonda elektr iste’moli bir kunda 267 mln kVt soatga yetib, rekord qayd etildi

2026-yil 11-mart kuni O‘zbekiston energetika tizimida mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, shu kuni respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 mln kVt·soatga ko‘p bo‘lgan.

 

Kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi maksimal yuklama soat 18:12 da 12 680 MVtga yetdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi mart oyidagi rekorddan 480 MVtga yuqori bo‘ldi.

 

Mazkur kunda elektr stansiyalarida jami 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishdan 12 mln kVt·soatga ko‘pdir.

 

Shuningdek, ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalarining ulushi 14,3 foizni tashkil etdi. Kunduzgi soatlarda esa elektr energiyasi balansini ta’minlashda quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 foizgacha yetdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda elektr iste’moli bir kunda 267 mln kVt soatga yetib, rekord qayd etildi | Zamon.uz