Jahon

Rossiyada Crocus City Hall'ga hujum qilganlarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

2024-yilda "Krokus Siti Xoll"ga uyushtirilgan terrorchilik hujumi oqibatida kamida 145 kishi halok bo‘lgan edi.

Rossiyada Crocus City Hall'ga hujum qilganlarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Rossiya Harbiy sudi Crocus City Hall'ga hujum qilganlikda ayblangan shaxslarni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 19 nafar sudlanuvchidan 15 nafariga umrbod qamoq jazosi tayinlangan. Yana to‘rt kishi 22,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular orasida jinoyatchilarga avtomobil va kvartira berganlar ham bor. 

 

2024-yil 22-mart kuni Crocus City Hall'ga uyushtirilgan terrorchilik hujumi oqibatida kamida 145 kishi halok bo‘ldi, 550 dan ortiq kishi jarohatlandi, yana 1700 dan ortiq kishi mazkur hodisada jabrlanuvchi deb topildi. 

 

Rossiya hukumati IShID terroristik tashkilotining Afg‘onistondagi bo‘limi bo‘lgan "Xuroson viloyati" guruhi a’zolarini terakt sodir etishda ayblagan.

 

Rossiya rasmiylari va Kremlga aloqador ommaviy axborot vositalari ham teraktda "Ukraina izi" borligini ta’kidlagan, biroq bunga dalillar keltirilmagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada Crocus City Hall'ga hujum qilganlarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi | Zamon.uz