Jahon

Sakkizta arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidini yopishini qoraladi

12 kun avval Isroil Al-Aqso masjidini yopib qo‘ygan hamda Quddusning Eski shahar hududida harakatlanishni cheklagan.

Sakkizta arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidini yopishini qoraladi

Qatar, Iordaniya, Indoneziya, Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA tashqi ishlar vazirlari musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi davomida Al-Aqso masjidining ketma-ket 12 kun yopib qo‘yilganini qoraladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Chorshanba kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda sakkizta arab va musulmon davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Isroil tomonidan Quddusning qadimiy shahriga va u yerdagi ibodat maskanlariga falastinliklarning kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni “xalqaro huquq, jumladan xalqaro gumanitar huquq, tarixiy va huquqiy status-kvo hamda ibodat joylariga erkin kirish tamoyilining qo‘pol buzilishi” deb atadi.

 “Vazirlar ushbu noqonuniy va asossiz chorani qat’iyan rad etishlari hamda qoralashlarini bildiradi. Shuningdek, Isroilning Al-Aqso masjidi / Al-Haram Al-Sharif hududidagi davom etayotgan provokatsion harakatlari va ibodat qiluvchilarga qarshi choralarini ham qoralaydilar. Ular Isroilning Quddus yoki uning islomiy va nasroniy muqaddas maskanlari ustidan suverenitetga ega emasligini ta’kidlaydi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda yana Al-Aqso masjidini hududining to‘liq qismi “faqat musulmonlar uchun” ekanligi qayd etildi. 

Shuningdek, Iordaniya Vaqflar va Islom ishlari vazirligiga qarshli Quddus Vaqflari va Al-Aqso masjidi ishlari boshqarmasi mazkur muqaddas maskan ustidan “yagona qonuniy vakolatga ega tashkilot” ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, vazirlar Isroilni Al-Aqso masjidini yana ochishga, Eski shaharga kirish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga hamda musulmonlarning masjidga kirishiga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi. 

Shuningdek, xalqaro hamjamiyatdan Isroilni “mazkur qonunbuzarliklarini” to‘xtatishga majbur qilish so‘ralgan.

Isroil kuchlari esa masjidda ibodat qilish va  Eski shahar hududiga kirish bo‘yicha qat’iy cheklovlar joriy etilganini davom etayotgan Eronga qarshi urush fonida “xavfsizlik chorasi” sifatida izohlagan.

Biroq chorshanba kuni Falastin Tashqi ishlar vazirligi ushbu yopilish davom etayotgani “falastinliklarning huquqlarini ochiqchasiga buzish siyosatini” yana bir bor ko‘rsatayotganini ma’lum qildi. 

Hamas ham masjid yopib qo‘yilganini qoralab, seshanba kuni bu holat “xavfli tarixiy hodisa” hamda ibodat erkinligining “ochiqdan-ochiq buzilishi” ekanini bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.