O'zbekiston

Toshkent va Andijonda sintetik narkotik modda hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishining oldi olindi

Qariyb 5 kg sintetik narkotik va 10 ming donaga yaqin kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi to‘xtatib qolindi.

Toshkent va Andijonda sintetik narkotik modda hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishining oldi olindi

O‘zbekistonda sintetik narkotik modda va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Birinchi holatda, 2003-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomobili Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan poytaxt tomon harakatlanib kelayotgan vaqtda Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirilganda avtomobil salonidan sof og‘irligi 4 kilogramm 811 gramm bo‘lgan “alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro ustidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Ikkinchi holatda esa DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston– Qirg‘iziston davlat chegarasining Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Bobohuroson” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi qismida noqonuniy olib o‘tilayotgan dori vositalari fosh etildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston fuqarosi chegara sim to‘siqlari orqali uloqtirib yuborgan qog‘oz qutini qabul qilib olayotgan vaqtida ikki nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olingan.

 

Quti xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichidan 9988 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Shuningdek, Toshkent aeroportida o‘tkazilgan tadbirlarda Bishkekdan uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosining sumkasidan ham “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlangandi.

 

Avvalroq Tojikistondan noqonuniy olib kirilgan jami 77 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilingani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Andijonda sintetik narkotik modda hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishining oldi olindi | Zamon.uz