O'zbekiston

Yoshlar – yangi g‘oyalar manbai: yosh jurnalistlar bilan ochiq suhbat

"Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatining yosh jurnalistlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar – yangi g‘oyalar manbai: yosh jurnalistlar bilan ochiq suhbat

Tadbir mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati doirasida tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati doirasida yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, ijodiy va professional rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi.

 

Ochiq muloqot yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berish hamda media sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda turli ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlar hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. 

 

Muloqot davomida yoshlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Jurnalistika sohasidagi istiqbolli loyihalar, ijodiy tashabbuslar hamda xorijiy hamkorlik masalalari yuzasidan ochiq fikr almashildi.Shuningdek, tadbirda tashkiliy masalalar yuzasidan ham ma’lumot berildi. Jumladan, Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi. 

 

Shuhrat Oripovning ta’kidlashicha, Jurnalistlar uyushmasining asosiy vazifalari qatoriga jurnalistlarning huquqlarini himoya qilish, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, mediamakondagi jarayonlarni tahlil qilib borish hamda davlat organlariga jurnalistika sohasini rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish kiradi. Shuningdek, uyushma yosh jurnalistlarning malakasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan turli loyihalarni ham amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda uyushma tarkibida 2157 nafar a’zo faoliyat yuritmoqda. 

 

Uchrashuv davomida uyushma raisi "yoshlar – yangi g‘oyalar manbai" ekanligini yosh jurnalistlar bilan doimiy muloqot olib borish uchun alohida platforma yaratish taklifini ham ilgari surdi. Shuningdek, Yosh jurnalistlar kengashi faoliyatini takomillashtirish, har haftaning payshanba kunini prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash kuni sifatida belgilash hamda hududlarda, tahririyatlar va oliy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazib borish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

 

Shu bilan birga muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bir qator takliflar bildirildi. Jumladan, yosh jurnalistlar uchun media huquqi va jurnalist etikasi bo‘yicha professional jurnalistlar ishtirokida master-klasslar hamda ochiq darslar tashkil etish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, talaba yoshlar amaliyot o‘tash jarayonida ko‘plab byurokratik to‘siqlarga duch kelayotgani, bu borada tizimni soddalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, jurnalistlar uchun so‘z erkinligini ta’minlash, turli bosimlardan himoya qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan ma’lumotlarni tekshirish uchun faktcheking dasturlarini joriy etish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yoshlar – yangi g‘oyalar manbai: yosh jurnalistlar bilan ochiq suhbat | Zamon.uz