O'zbekiston

Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 4 shaxs 7–12 yilga qamaldi

Jinoyat 2025-yil aprel oyida sodir bo‘lgan.

Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 4 shaxs 7–12 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va hukm e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

 

Sud jarayonida S.Q. (2006-yilda tug‘ilgan), Z.U. (2004-yilda tug‘ilgan), D.O‘. (2004-yilda tug‘ilgan) va A.U. (2003-yilda tug‘ilgan) voyaga yetmagan S.Y. (2010-yilda tug‘ilgan)ga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha aybli deb topildi.

 

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga muvofiq ish yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

 

E’lon qilingan hukmiga ko‘ra S.Q. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan) – Jinoyat kodeksi 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha 10 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Z.U. – Jinoyat kodeksi 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, shuningdek, 28,118 va 28,119-moddalari bo‘yicha 12 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

 

D.O‘. – 118 va 119-moddalar bo‘yicha 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

 

A.U. (II guruh nogironi) – 118 va 119-moddalar bo‘yicha 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Qayd etilishicha, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest kiritish huquqiga ega.

 

Mazkur voqea 2025-yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqalgach jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. Holat yuzasidan 9-aprel kuni Angren shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 4 shaxs 7–12 yilga qamaldi | Zamon.uz