Jahon

AQSh Eronga qarshi hujumlar davomida yillik o‘q-dori zaxiralarining katta qismini sarfladi — FT

Hujumning dastlabki 100 soatida Qo'shma Shtatlar 168 ta Tomahawk raketasidan foydalangan.

AQSh Eronga qarshi hujumlar davomida yillik o‘q-dori zaxiralarining katta qismini sarfladi — FT

Financial Times nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilayotgan harbiy operatsiyalar davomida yillar davomida rejalashtirilgan muhim o‘q-dori zaxiralarining katta qismi sarflab yuborilgan.

 

Xabarga ko‘ra, bu asosan uzoq masofaga mo‘ljallangan Tomahawk qanotli raketalariga taalluqli.

 

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urushning dastlabki 100 soati davomida AQSh kamida 168 ta Tomahawk raketasidan foydalangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu juda katta miqdor bo‘lib, mavjud zaxiralarni to‘ldirish uchun bir necha yil talab qilinishi mumkin.

 

Nashrga intervyu bergan AQSh kongressmenlaridan biri bu miqdordagi raketa sarfi juda yuqori ekanini qayd etib, bunday zaxiralarni qayta tiklash uzoq vaqt talab etishini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, Pentagon yaqin kunlarda Oq uy va AQSh Kongressiga qo‘shimcha harbiy xarajatlar uchun 50 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan urushning dastlabki olti kuni kamida 11,3 milliard dollarga tushganini taxmin qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Eronga qarshi hujumlar davomida yillik o‘q-dori zaxiralarining katta qismini sarfladi — FT | Zamon.uz