Jahon

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi kamida 2–3 hafta davom etishi mumkin

Operatsiya doirasida asosiy zarbalar Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qaratilgan.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi kamida 2–3 hafta davom etishi mumkin

Axios nashrining Isroil hukumatidagi xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh va Isroil tomonidan Eron hududida olib borilayotgan qo‘shma harbiy operatsiya kamida ikki-uch hafta davom etishi mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy operatsiyalarni davom ettirish tarafdori bo‘lib, operatsiyani faol bosqichda olib borishga qat’iy qaror qilgan. Shu bilan birga, hujumning rasmiy strategik maqsadlari hozircha ochiq e’lon qilinmagan.

 

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Isroil tomoni AQSh rahbari har qanday paytda kutilmagan qaror qabul qilib, jangovar harakatlarni to‘satdan to‘xtatishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Ularning fikricha, Tramp operatsiyani to‘xtatib, ma’lum sabablar bilan Eron ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qilishi ehtimoli ham mavjud.

 

Manbalardan birining aytishicha, yaqinda Oq uy rahbari bilan muloqot qilgan amerikalik insayder Tramp “g‘ayratga to‘la” ekanini va operatsiyaning faol bosqichini cheklash niyatida emasligini bildirgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, operatsiyaning asosiy zarbalari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tuzilmasiga qaratilgan. Vashington ushbu elita harbiy bo‘linmalarini zaiflashtirish orqali mamlakat davlat apparatiga bosim o‘tkazish va ichki norozilik kayfiyatlarini kuchaytirishga umid qilmoqda.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

custom img

Men uchun do‘st yoki qarindosh degan tushuncha yo‘q — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti fevral voqealari, davlat to‘ntarishiga urinish, Tashiyev oilasi va korrupsiya ishlari yuzasidan izoh berdi.

custom img

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

custom img

Eronning Londondagi elchixonasi eronliklarni “vatanni himoya qilish”ga chaqirdi

Mazkur chaqiriq Britaniyaning xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

custom img

AQSHda Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqariladi

Yangi dizayndagi pasportlar Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan iyul oyida taqdim etiladi.

custom img

Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Tashiyev bilan yana 2 nafar sobiq amaldor mazkur ish yuzasidan so‘roq qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"