O'zbekiston

Bir qator vazirliklarning murojaatlarning yarmidan ko‘piga faqat yuzaki javob berayotgani tanqid qilindi

Yig'ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foiziga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi esa 58 foiziga mazmunan yechim bermagan holda javob qaytargani aytildi.

Bir qator vazirliklarning murojaatlarning yarmidan ko‘piga faqat yuzaki javob berayotgani tanqid qilindi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi.

 

Yig‘ilishda ayrim vazirlik va idoralarda murojaatlar bo‘yicha amaliy yechim berish o‘rniga yuzaki javoblar bilan cheklanilayotgani qayd etildi. Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foiziga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi esa 58 foiziga mazmunan yechim bermagan holda javob qaytargani aytildi. Bunday holatlar boshqa vazirliklarda ham uchrayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Xalq qabulxonalari tashkil etilgan ilk yillarda murojaatlarning 90–95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 60–65 foizgacha kamaygani bildirildi. Qayd etilishicha, fuqarolar tobora shaxsiy muammolar emas, balki mahallalardagi sharoitlarni yaxshilashga doir takliflar bilan murojaat qilmoqda.

 

Shu bilan birga, muammosi hal etilmagan ayrim fuqarolar rahbarlar qabulini tashkil etib berishni Prezidentdan so‘rab murojaat qilayotgani ham aytildi.

 

Davlat rahbari bundan buyon hokimlar faqat arizada ko‘tarilgan masalani hal qilish bilan cheklanmasdan, muammoning kelib chiqish sabablarini ham bartaraf etishi zarurligini ta’kidladi.

 

Yig‘ilishda Xalq qabulxonalari faoliyatini yangicha tizim asosida tashkil etish belgilandi. Unga ko‘ra, qabulxonalar endi faqat murojaatlarni qabul qiluvchi organ emas, balki hududlardagi muammolarni aniqlab, tahlil qiladigan diagnostika markazi sifatida faoliyat yuritadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bir qator vazirliklarning murojaatlarning yarmidan ko‘piga faqat yuzaki javob berayotgani tanqid qilindi | Zamon.uz