O'zbekiston

"Hozir "A polosalar" ishlamayapti, ikkita muammo bor" — hokim o‘rinbosari

Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari “A” tasmali ayrim yo‘llarda test rejimida kamera kuzatuvi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. Baxtiyevning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha yo‘laklar "gost" talablariga moslashtirilgan. “Tayyorgarlik ko‘rildi, hamma ish amalga oshirildi. Hozir qonunchilik darajasida fiksatsiya qilish imkoniyati bor. “Zapusk” qilsak bo‘ldi”, — dedi u.

"Hozir "A polosalar" ishlamayapti, ikkita muammo bor" — hokim o‘rinbosari

12-mart kuni Toshkent shahar hokimligida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mas’ullarning qayd etishicha, markazning “dolzarb 90 kun” dasturida ko‘chalarning 347 km qismida “A” tasmali yo‘laklar tashkil etish rejasi ham bor. Biroq hozirgacha tashkil etilgan avtobus yo‘laklari kutilganidek ishlamayapti, qoidabuzarliklar qayd etilmayapti. Toshkent shahar hokim o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev shu kabi masalalarga aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, bitta kamera o‘rnatish bilan ish bitmaydi.

 

“Hozir biz test rejimida 1-2 ta ko‘chalarda kuzatuv kameralarini ishga tushiramiz. Sanasini aniq eslay olmayman, kecha muhokama qilingandik. Avvalambor, shu 100 km yo‘lni tanlab olganmiz, shundan taxminan 60-70 foizi “A” polosa, “videlennaya polosa” deyiladi, shuni yo‘laklarga ajratmoqchimiz. Albatta, shu yo‘laklar ishlashi uchun ularni  GOST talablariga to‘g‘rilab qo‘ymoqchimiz. U yerda mahalladan chiqish joylari bor, kirish joylari bor. Birinchi, o‘sha joylarni to‘g‘irlab, polosasini normativ darajasiga olib kelish kerak, ikkinchi masala —  ko‘p joylarda kameralar qo‘yilgan. Ichki ishlar tizimi bilan hamkorlikda lokatsiyalar belgilanmoqda. Har bitta o‘sha polosada kamera kuzatuvini tashkillashtiramiz. Hozir birinchi navbatda test rejimida yana bitta-ikkita ko‘chani qilib ko‘rmoqchimiz. Uni o‘rnatish jarayoni bor, serverlarga ulash masalasi bor. Juda ko‘p texnik masala bor-da. Faqat kamerani o‘rnatib qo‘ysangiz, ish bitmaydi.  Mening ma’lumotim bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rildi, hamma ish amalga oshirildi. Hozir qonunchilik darajasida fiksatsiya qilish imkoniyati bor, “zapusk” qilsak bo‘ldi”, — deydi Baxtiyev.

 

Hokim o‘rinbosari ayrim ko‘chalarda jamoat transporti yo‘laklari ishlamayotganini 2 ta asosiy sabab bilan izohladi.

 

“Hozirgi “A” polosalar ayrim joylarda yaxshi ishlayapti, ayrim joylarda ishlamayapti. Uning sababi  ikkita asosiy sababi bor: birinchisi, GOST normativlariga to‘g‘ri kelmaydi, deylik, mahalladan chiqqanda mashina avtobusga xalaqit berib qolyapti. Ikkinchisi, shu bizning yengil mashinalarimiz zarurat bo‘lganda tezroq yurib ketaman deb yo‘lakka tushib olish holatlari bor. Shu ikkita masalani yechsak, polosa ishlab ketadi”, — deydi u.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil martida Senatda avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilarga jazo masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Unda yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa — BHMning uch baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘lishi aytilgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.