O'zbekiston

“Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifati bo‘yicha noroziliklar ko‘p”

Prezident bu borada eng ko‘p ariza tushgan hududlarda xodimlarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitish shartligini aytdi.

“Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifati bo‘yicha noroziliklar ko‘p”

Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan noroziliklar ko‘p ekanini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. 

 

Yig‘ilishda tizim mas’ullariga har 1 ming kishiga nisbatan  eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari hamda Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida aholi muammolarini o‘rganish, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy hamda muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shart ekani aytildi.

 

Shuningdek, Prezident fuqarolar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga hujjat rasmiylashtirish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganiga to‘xtaldi. Bu masala bo‘yicha 448 nafar fuqaro murojaat qilgan. 

 

Shavkat Mirziyoyev: “Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma talab qilinishi tufayli majburiy murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?” — deya savol qo‘ydi.

 

Yig‘ilishda Adliya vazirligiga bu masalaga sodda va tezkor yechim ishlab chiqish topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifati bo‘yicha noroziliklar ko‘p” | Zamon.uz