O'zbekiston

Mahallalarda aholi turmushini yaxshilash uchun 56 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mahallalarda aholi turmushini yaxshilash uchun 56 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistonda aholi soni 38 milliondan, mehnatga layoqatli fuqarolar soni esa 20 milliondan oshgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, so‘nggi to‘qqiz yil ichida aholining daromadlari ikki baravar ko‘paygan.

 

Davlat rahbari aholining muammolarini joyida hal etish maqsadida vazirlar va hokimlarning mahallalarda ishlab, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish tizimi yo‘lga qo‘yilganini eslatdi. Joriy yilda ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilash uchun 56 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgani bildirildi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, mavjud imkoniyatlarga qaramay, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish darajasi tanqidiy tahlil qilinishi lozim. Shu munosabat bilan davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish maqsadida tashkil etilgan Xalq qabulxonalarining faoliyatini zamon talablari asosida yangilash zarurligi qayd etildi.

 

Yig‘ilishda bundan buyon “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berish” tamoyili barcha darajadagi hokimlar, vazirlar hamda ularning hududiy tashkilotlari rahbarlari faoliyatining asosiy qoidasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mahallalarda aholi turmushini yaxshilash uchun 56 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi | Zamon.uz